Форум_Ўзбекистон

Hozirgi vaqt: Wed Dec 13, 2017 1:29 am

Ko'p So'ralagidan Savollar

Use of cookies
Use of cookies

Use of cookies

Use of cookies
About Cookies

A cookie is a text file containing a limited amount of information, which is downloaded on the user computer when she/he is surfing on a website. It allows the forum to recognize the user during next visits to offer them optimal browsing experience.
A Cookie acts as a string of information that a website stores on a user's computer, and that the user's browser provides to the website each time the user submits a query to the website

Forumotion uses Cookies. The goal of a cookies is to identify the user as an user of the website. Cookies permit to personalize the advertising content available.
By browsing a Forumotion forum, you agree with the use of third-party services that may set up cookies on your browser. You have the option to object to the filing of advertising cookies on your computer. If you choose this option, you will continue to see ads but these are not targeted to your interests centers.
The Forumotion forums use some web analytics tools to allow administrators to better understand the behavior of their users. These tools may use cookies to collect anonymous information and generate reports on forum statistics without users be identified personally.

Cookies management

Storage of cookies allows the user to fully enjoy the services offered on Forumotion forums. However, it is up to the User to determine if she/he authorized their use. The User agrees to be warned that blocking all types of cookies affects the good use of Forumotion forums and services.

Settings of the browser

Most of browsers let you manage Cookies individually. The help menu, included on each browser, describes how to refuse cookies for all websites, except websites you trust. Further information about cookies manage are available on the each browser.
Yuqoriga Yuqoriga

Kirish (Login) va ro'yxatdan o'tish

Men nega kira olmayapman?
Siz ro'yxatdan o'tdingizmi? Kirish uchun avval ro'yxatdan o'tishingiz lozim. Siz forumga kirishdan man qilindingizmi? (Ushbu holda bu haqida habar chiqadi.) Unday bo'lsa, sababini aniqlash uchun vebmaster yoki forum administratori bilan bog'lanishingiz kerak. Agar siz ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz va kirishdan ta'qiqlanmagan bo'lsangiz ham kira olmayotgan bo'lsangiz foydalanuvchi nomingiz (nick) va paro'lingizni qayta tekshiring. Ko'p hollarda muammo ana shunda bo'ladi; aks holda, forum administratori bilan bog'laning - ular forum nastroykasida xatolarga yo'l qo'ygan bo'lishlari mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

Men o'zi nega ro'yxatdan o'tishim kerak?
Siz ro'yxatdan o'tishingiz shart emas - ma'lumotlarni post qilishingiz uchun ro'yxatdan o'tishingiz shart yoki shart emasligi forum administratsiyasi qaror va xohishlariga bog'liq. Nima bo'lganda ham, ro'yxatdan o'tish sizga mehmon foydalanuvchilarda bo'lmagan qo'shimcha imkoniyatlar beradi; masalan, avatar, shaxsiy xabarlar, boshqa foydalanuvchilarga e-pochta orqali xabar yuborish, foydalanuvchilar guruh(lar)iga a'zo bo'lish va hokazo. Ro'yxatdan o'tish faqatgina bir necha daqiqalarni oladi, shuning uchun sizni ro'yxatdan o'tishingiz tavsiya qilinadi.
Yuqoriga Yuqoriga

Men nega avtomatik ravishda chiqib ketyapman?
Agar siz kirayotganingizda Avtokirish punktini belgilab qo'ymagan bo'lsangiz, forumda faqatgina bir qancha vaqt qolishingiz mumkin. Bu narsa sizni nomingizni boshqa foydalanuvchilar tomonidan foydalanishini oldini oladi. Avtomatik ravishda chiqib ketmaslik uchun Avtokirish punktini belgilab qo'yishingiz kerak. Ammo agar siz forumga umumiy kompyuterdan, masalan, kutubxona, internet kafe, universitet singari joylardan kirayotgan bo'lsangiz bu narsa tavsiya etilmaydi.
Yuqoriga Yuqoriga

Men qanday qilib o'zimni forumda onlayn ekanligimni boshqalar tomonidan ko'rinishini oldini olsam bo'ladi?
Profilingizda Forumda onlayn ekanligingizni yashirish degan joyni toping; shu yerda Hani belgilab qo'ysangiz faqatgina o'zingiz va forum administratorigagina ko'rinasiz. Boshqa foydalanuvchilar uchun siz yashirin fo'ydalanuvchi bo'lasiz, ya'ni ular sizni forumda onlayn ekanligingizni ko'ra olmaydilar.
Yuqoriga Yuqoriga

Men paro'limni esimdan chiqarib qo'ydim!
Havotir olmang, paro'lingiz xuddi o'zi qayta tiklanmasada, uni boshqa paro'lga o'zgartirish mumkin. Buning uchun kirish sahifasiga borib Paro'l esimdan chiqdi degan joyni bosasiz. Ko'rsatmalarga rioya qiling va tez orada forumga kira olasiz.
Yuqoriga Yuqoriga

Men ro'yxatdan o'tdim ammo kira olmayapman!
Avvalo to'g'ri nom va paro'l kiritayotganingizni tekshiring. Agar ular to'g'ri bo'lsa quyidagi ikki holatdan biri bo'lgan bo'lishi mumkin: COPPA kelishuvi mavjud bo'lsa va siz ro'yxatdan o'tayotganingizda Men ushbu shartlarga roziman va 13 yoshdan kichikman degan joyni bosgan bo'lsangiz, taqdim etilgan ko'rsatmalarga rioya qilishingiz zarur. Agar sabab bu bo'lmasa sizni nomingiz aktivizatsiya qilishni talab etadi. Ba'zi forumlar barcha yangi ro'yxatdan o'tganlarni kirish uchun yo o'zlari yoki forum administratori tomonidan aktivizatsiya qilinishini talab qiladi. Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng sizga aktivizatsiya qilish zarurligi haqida xabar beriladi. Agar sizga e-mail jo'natilgan bo'lsa undagi ko'rsatmalarga rioya qiling; agar e-mail olmagan bo'lsangiz ro'yxatdan o'tishda e-mail adresingizni to'g'ri kiritganligingizni tekshiring. Aktivizatsiyani talab qilishning bir sababi - forumni anonim ravishda suiste'mol qilinishini oldini olishdir. Agar to'g'ri adres berganingizga amin bo'lsangiz forum administratori bilan bog'laning.
Yuqoriga Yuqoriga

Men avval ro'yxatdan o'tgan edim ammo endi kira olmayabman!
Ko'p ehtimolki buning sabablari yo siz noto'g'ri nom va paro'l kiritgansiz (ro'yxatdan o'tgan vaqtingizda sizga yuborilgan hatni tekshiring), yoki administrator sizni nomingizni ayrim sabalarga ko'ra o'chirib yuborgan. Agar ikkinchisi to'g'ri bo'lsa, balki siz hech narsa post qilmagan bo'lsangiz kerak. Administratorlar vaqti vaqti bilan ma'lumotlar bazasi hajmini kamaytirish maqsadida nofaol foydalanuvchilarni o'chirib turishadi. Qayta ro'yhatdan otishga harakat qiling va munozaralarda qatnashib turing.
Yuqoriga Yuqoriga

Foydalanuvchi parametr va nastroykalari

Qanday qilib o'z nastroykalarimni o'zgartiraman?
Barcha nastroykalaringiz (agar ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz) ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Ularni o'zgartirish uchun Profil bo'limini bosing (odatda u forumni tepa qismida joylashgan bo'ladi, ammo istisnolar ham bolishi mumkin). Bu sizga o'z nastroykalaringizni o'zgartirishingizga imkon beradi.
Yuqoriga Yuqoriga

Forumda vaqt noto'g'ri!
Odatda vaqt to'g'ri bo'ladi, ammo u sizning vaqt zonangizdan boshqa zonaga tegishli bo'lishi mumkin. Bu holda siz vaqtni o'z profilingizdan o'zingiz joylashgan joyning vaqt zonasiga o'zgartirib qo'yishingiz mumkin, masalan, Toshkent, London, Parij, New York, Sydney va hakazo. Shuni yodda tuting-ki, vaqt zonasini o'zgartirish, boshqa ko'pchilik nastroykalar singari faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi mumkin. Shuning uchun agar siz ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, bu sizni ro'yxatdan otishingiz uchun ayni muddaodir.
Yuqoriga Yuqoriga

Vaqt zonasini o'zgartirdim, ammo vaqt hali ham noto'g'ri!
Agar siz vaqt zonasini to'g'ri nastroyka qilganingizga amin bo'lsangiz va vaqt hali ham noto'g'ri bo'lsa, sabab yoz vaqtlarida bo'lishi mumkin. Ushbu forum yoz vaqtlari bilan ishlashga mo'ljallanmagan, shuning uchun yoz oylarida forum vaqti mahalliy vaqtdan bir soatga farq qilishi mumkin
Yuqoriga Yuqoriga

Mening ona tilim ro'yxatda yo'q!
Ko'p ehtimol, administrator sizning tilingizni o'rnatmagan yoki hech kim forumni sizning tilingizga tarjima qilmagan. Forum administratoridan sizning tilingizni o'rnata olish-olmasligi haqida so'rang. Agar ushbu til mavjud bo'lmasa, siz o'zingiz uni tarjima qilishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumotni phpBB guruhi veb sahifasidan olishingiz mumkin (linkni sahifaning pastki qismidan topishingiz mumkin)
Yuqoriga Yuqoriga

Qanday qilib o'z nomim ostiga rasm joylashtirishim mumkin?
Foydalanuvchi nomi ostida 2ta surat bo'lishi mumkin. Birinchisi sizning maqomingizga tegishli, odatda bu, forumda qancha post qilganingizga yoki forumdagi mavqengizga dalolat qiluvchi yulduzchalardan iborat bo'ladi. Undan pastroqda avatar deb nomlanadigan kattaroq surat mavjud. Odatda bu surat har bir foydalanuvchi uchun alohida, o'ziga xos bo'ladi. Avatarning mavjudligi va uning qanday bo'lishi forum administratoriga bog'liq. Agar ushbu forumda avatar mavjud bo'lmasa bu, forum administratorining qaroridir, siz undan buning sababini so'rashingiz mumkin
Yuqoriga Yuqoriga

Qanday qilib o'z maqomimni o'zgartira olaman?
Odatda, siz o'z maqomingizni to'g'ridan-to'g'ri o'zgartira olamysiz (maqomingiz foydalanilgan uslubga qarab mavzudagi nomingizni tagida va profilingizda aks ettiriladi). Ko'pchilik forumlarda qancha post qilinganligini ko'rsatish va alohida foydlanuvchilarni ajratish uchun maqomlardan foydalaniladi. Masalan, moderator va administratorlar maxsus maqomga ega bo'lishlari mumkin. Iltimos, forumda maqomingizni ko'tarish uchun bekorchi va foydasiz postlarni qoldirmang, administrator va moderatorlar siz tomoningizdan qoldirilgan postlar sonini kamaytirib qo'ya oladilar.
Yuqoriga Yuqoriga

Foydalanuvchiga e-mail yuborishni bosganimda, mendan kirish talab qilinayapti
Faqatgina ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilargina forumda o'rnatilgan e-mail formasi o'rqali hat jo'nata oladilar (agar administrator tomonidan ushbu imkoniyat berilgan bo'lsa). Bu e-mail sistemasini anonim foydalanuvchilar tomonidan suiste'mol qilinishini oldini oladi
Yuqoriga Yuqoriga

Post qilish

Forumda post qanday qilinadi?
Bu juda oson. Forum bo'limlari va mavzular oynasidagi xos tugmachalarni (yangi mavzu, javob yozish kabi) bosing. Post qilishdan avval ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin. Imkoniyatlariningiz ro'yxati forum bo'limlari va mavzu oynasining quyi qismida yozib qo'yilgan (Bu forumda yangi mavzu ocha olasiz, Bu forumdagi anketalarda qatnasha olmaysiz kabi)
Yuqoriga Yuqoriga

Postlarni qanday taxrir qila olaman yoki o'chira olaman?
Faqat forum adminstrator va moderatorlari boshqalarning postlarini o'chira va taxrir qila oladilari. O'z postlaringizni (odatda bu post qilingandan keyin qisqa muddat ichidagina mumkin bo'ladi) post yuqorisidagi taxrir tugmachasini bosish bilan taxrir qilishingiz mumkin. Agar postga biror kishi javob yozgan bo'lsa, taxrir qilganingizdan keyin matn pastida necha marta taxrir qilingani haqida yozuv paydo bo'ladi. Hech kim javob bermagan bo'lsa yoki post administrator va/yoki moderatorlar tomonidan taxrir qilinsa bunday yozuv paydo bo'lmaydi (ular odatda nimani va qanday sabab(lar)ga ko'ra o'zgartirish kiritganlarini yozib qo'yadilar). Oddiy foydalanuvchilar postlarga javob yozilgach o'chira olmaydilar.
Yuqoriga Yuqoriga

Postlarimga qanday imzo qo'yaman?
Imzo qoldirish uchun avval profilingizdagi imzo bo'limini to'ldiring. Keyin post qilish oynasida Imzo qo'y qutisini belgilab qo'ying. Har doim post qilganingizda bu belgi turishi uchun profilingizdagi xos joyga belgi qo'yib qo'ying. Ixtiyoriy postlarda imzo qo'yilmasligini istasangiz post qilishda imzo qo'yish qutisidan belgini o'chirib qo'yishingiz mumkin bo'ladi.
Yuqoriga Yuqoriga

Anketalar qanday tashkil qilinadi?
Anketa tuzish oson. Yangi mavzu ochayotganingizda yoki mavzudagi birinchi postni taxrir qilishda (agar sizda shunday huquq bo'lsa) Anketa bo'limini to'ldiring. Agar bunday bo'lim yo'q bo'lsa, sizda Anketa tuzish huquqi bo'lmasligi sabablidir. Anketaga mavzu va eng kamida 2 ta javob-variant kiritishingiz lozim; anketaga javoblar kiritish uchun, uni mos bo'limga yozing va Variantni qo'sh tugmachasiga bosing. Bundan tashqari anketa uchun vaqt ham belgilashingiz mumkin (vaqt chegarasi qo'ymaslik uchun 0 kiritish lozim). Anketa variantlari maksimum soni administrator tomonidan cheklangan bo'ladi.
Yuqoriga Yuqoriga

Anketani qanday o'chirish yoki taxrirlash mumkin?
Huddi postlar kabi anketalar ham faqat administrator va moderator(lar) yoki uni ochgan foydalanuvchi tomonidan taxrirlanishi mumkin. Anketani taxrir qilish uchun birinchi postni taxrirlash tugmachasiga bosing. Agar anketaga hech kim javob bermagan bo'lsa oddiy foydalanuvchilar ham uni va variantlarni taxrirlay oladilar; agar javob berilgan bo'lsa, faqat administrator va moderator(lar) taxrirlay oladilar.
Yuqoriga Yuqoriga

Nega men forumdagi mavzularni ko'ra/o'qiy olmayapman?
Ba'zi forumlarni ko'rish, mavzularni o'qish yoki post qilish forum administratsiyasi tomonidan cheklanishi va maxsus guruh/kishilargagina ruxsat berilishi mumkin. Agar shunday bo'lsa forum administratsiyasiga murojaat qilishingiz kerak.
Yuqoriga Yuqoriga

Nega anketalarga ovoz bera olmayapman?
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilargina anketalarga javob bera oladilar. Agar ro'yxatdan o'tgan va login qilgan taqdirda ham ovoz bera olmasangiz, demak sizning huquqlaringiz chegaralangan.
Yuqoriga Yuqoriga

Formatlash ve mavzu turlari

BBCode nima?
BBCode bu HTMLning maxsus qo'llanilishi, BBCodeni ishlata olishingiz administrator tomonidan belgilanadi. Siz shuningdek xabar qoldirayotganingizda uni o'chirib qo'yishingiz mumkin. BBCodeni o'zi HTMLga o'xshashdir, teglar < va > da emas balki to'rtburchak qavslar ichiga olinadi; u foydalanuvchilarga biror bir narsaning qanday ko'rinishini tuzish borasida katta imkoniyatlar beradi. BBCode haqida qo'shimcha malumotlar uchun post qilish sahifasidan kirish mumkin bo'lgan BBCode ko'rsatmasini ko'ring.
Yuqoriga Yuqoriga

HTMLdan foydalana olamanmi?
Bu administratorlarning ruxsatiga bog'liq; bu narsa ularning qo'lida. Agar sizga foydalanish mumkin bo'lsa, ko'pincha faqat bir necha teglardan foydalana olasiz. Bu, forumda muammolar yuzaga keltiruvchi teglardan foydalanishni oldini olish maqsadida hamda havfsizlik uchun qilingandir. Agar HTML yoqilgan bo'lsa siz uni post qilayotganingizda uni o'chirib qo'yishingiz ham mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

Smayliklar nima?
Smayliklar yoki emotikonlar - hissiyotlarni aks ettirish uchun ishlatiladigan kichik suratlardir, masalan, :) hursandchilik, :( hafalikni bildiradi. Smayliklarning to'liq ro'yxati post qilish sahifasida mavjud. Smayliklarni keragidan ortiqcha ishlatib yubormang, bu narsa sizning habaringizni o'qib bo'lmaydigan qilib qo'yadi va moderator xabaringizni qayta taxrir qilishi yoki umuman o'chirib yuborishi mumkin
Yuqoriga Yuqoriga

Rasm post qila olamanmi?
Siz xabarlaringizga rasm post qila olasiz. Ammo hozircha forumga rasm kiritishning iloji yo'q. Siz umumiy serverda joylashgan rasmga link berishingiz mumkin, masalan: http://www.some-unknown-place.net/my-picture.gif. Siz na o'zingizni komputeringizga (albatta agar komputeringiz umumiy server bo'lmasa), na mualliflik mexanizmi ostidagi rasmlarga, masalan, yahoo, hotmail, parolli saytarga link bera olmaysiz. Rasmni ko'rsatish uchun BBCode'ning [img] tegi yoki HTMLning shunga muvofiq tegidan foydalanishingiz mumkin (agar HTMLga ruxsat berilgan bo'lsa)
Yuqoriga Yuqoriga

E'lon nima?
E'lonlar odatda o'z ichiga muxim xabarni oladi va siz ularni iloji boricha tez o'qishingiz kerak. E'lonlar har doim forumning har bir sahifasini yuqori qismida joylashgan bo'ladi. Sizning e'lon post qila olishingiz administrator tomonidan beriladigan huquqlaringizga bog'liq.
Yuqoriga Yuqoriga

Yopishqoq mavzu nima?
Yopishqoq mavzular forumni ko'rish sahifasida e'londan pastroqda va faqat birinchi sahifada joylashgan bo'ladi. Odatda ular ham qandaydir muxim xabarni o'z ichiga oladi va siz imkoningiz bo'lishi bilan ularni oqishingiz kerak. E'lonlar singari yopishqoq mavzularni post qila olishingiz administrator tomonidan belgilanadi.
Yuqoriga Yuqoriga

Yopiq mavzu nima degani?
Mavzular faqat moderator yoki administrator tomonidan yopilishi mumkin. Siz yopiq mavzularga javob yoza olmaysiz va uning ichidagi har qanday so'rovnomalar avtomatik ravishda tugatiladi. Mavzular ko'p sabablarga ko'ra yopilishi mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

Foydalanuvchilar darajasi va Guruhlar

Administratorlar kimlar?
Adminisratorlar forum ustidan yuqori darajada boshqaruv imkoniyatiga ega foydalanuvchilardir. Ular forum operatsiyalarining barcha taraflari ustidan nazorat olib bora oladilar: ruxsat belgilash, foydalanuvchilarni kirishini man qilish, foydalanuvchi guruhlarini tuzish va moderatorlarni belgilash kabi. Ular shuningdek barcha forumlarda to'liq moderatorlik huquqiga egadirlar.
Yuqoriga Yuqoriga

Moderatorlar kimlar?
Moderatorlar forum faoliyatini har kuni nazorat qilib turuvchi foydalanuvchilar (yoki foydalanuvchi guruhlari)dir. Ular o'zlari javobgar bo'lgan forumda postlarni taxrir qilish yoki o'chirish, mavzularni yopish, ochish, boshqa joyga ko'chirish, qismlarga ajratish imkoniga egadirlar. Umuman olganda, moderatorlarning asosiy vazifasi, foydalanuvchilarning mavzudan tashqariga chiqishlari va haqoratlovchi materiallar post qilinishini oldini olishdan iborat.
Yuqoriga Yuqoriga

Foydalanuvchi guruhlari nima?
Foydalanuvchi guruhlari foydalanuvchilarni birlashtirish uslubidir. Har bir foydalanuvchi bir necha guruhga a'zo bo'lishi mumkin va har bir guruhda individual huquqlari bo'lishi mumkin. Bu, administratorlarga, forumda bir necha foydalanuvchilarni moderator qilib belgilash yoki ularga maxsus forumlarga kirishga ruxsat berishda va hakazolarda yengillik yaratadi.
Yuqoriga Yuqoriga

Men qanday qilib foydalanuvchi guruhlariga a'zo bo'laman?
Foydalanuvchi guruhiga a'zo bo'lish uchun sahifaning yuqori qismida joylashgan (bu, dizaynga bog'liq) "Guruhlar" linkini bosing va siz guruhlar ro'yxatini ko'rasiz. Hamma guruhlar ham "ochiq" emas, ba'zi birlari yopiq, ba'zilari esa yashirin a'zolikka ega bo'ladi. Agar guruh ochiq bo'lsa, siz muvofiq tugmani bosib ushbu guruhga a'zo bo'lishingiz mumkin. Guruh moderatori sizning a'zoligingizga rozilik bildirishi kerak, u sizdan nega a'zo bo'lmoqchi ekanligingiz haqida so'rashi mumkin. Iltimos, agar moderator rad javobini bersa nega bunday deb bezovta qilmang, buning o'z sabablari bo'lishi mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

Qanday qilib guruh moderatori bo'lishim mumkin?
Guruhlar forum administratori tomonidan tashkil qilinadi, ular moderatorlarni ham o'zlari tayinlaydilar. Agar guruh tashkil qilish niyatingiz bo'lsa forum administratori bilan bog'laning: unga shaxsiy xabar yoki e-mail jo'natishga harakat qiling.
Yuqoriga Yuqoriga

Shaxsiy xabarlar

Shaxsiy xabar jo'nata olmayapman!
Bunga uchta sabab bo'lishi mumkin: siz ro'yxatdan o'tmagansiz va/yoki o'z nomingiz bilan kirmagansiz, forum administratori butun forum uchun shaxsiy xabar jo'natishni ta'qiqlab qo'ygan yoki forum administratori shaxsan sizga shaxsiy xabar jo'natishni ta'qiqlab qo'ygan. Agar sabab uchinchisi bo'lsa administratordan buning sababini so'rang.
Yuqoriga Yuqoriga

Davomiy ravishda istalmagan shaxsiy xabar olyapman
Kelajakda biz shaxsiy habarlar tizimida "rad etish" ro'yxatini tuzish imkoniyatini qo'shamiz. Hozircha, shunday xabarlar olishda davom etayotgan bo'lsangiz bu haqida administratorga habar bering, u o'sha foydalanuvchiga shaxsiy xabar jo'natishni umuman ta'qiqlab qo'yishi mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

Ushbu forum a'zolarining biridan spam yoki haqoratlovchi xat oldim
Buni eshitishdan afsusdamiz. Ushbu forumning email jo'natish formasi o'z ichiga havfsizlik choralari va shunga o'xshash xabarlar jo'natuvchi foydalanuvchilarni kuzatish imkoniyatini oladi. Siz administratorga olgan xatingizni to'liq nusxasi bilan birga xat yuborishingiz kerak, bunda har bir qismini kiritishingiz juda muhimdir (ularda hat yuborgan odam haqida ma'lumot bo'ladi). Shunda administrator tegishli choralar ko'rishi mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

phpBB 2 haqida

Ushbu forumni kim yozgan?
Ushba programma ta'minoti (uning asl ko'rinishida) phpBB Guruhi tomonidan yozilgan va tarqatiladi hamda mualliflik huquqi ham unga tegishli. Ushbu forum GNU General Public Licence litsenziyasi ostida chiqariladi va erkin tarqatiladi, qo'shimcha malumotlar uchun linkni ko'ring
Yuqoriga Yuqoriga

Nega X funksiya yo'q?
Ushbu forum phpBB Guruhi tomonidan yozilgan. Agar siz qandaydir funksiya qo'shilishi kerakligiga amin bo'lsangiz, phpbb.com saytini ziyorat qiling va bu haqada phpBB Guruhi fikrini biling. Iltimos, phpbb.com ga qandaydir yangi funksiyani qo'shish haqida iltimos qilmang, Guruh, yangi funksiyalar ustida ishlash uchun sourceforge dan foydalanadi. Iltimos, ushbu funksiya haqida fikrimizni bilish uchun (agar shunday fikr bizda bo'lsa) avval forumni ko'rib chiqing va shundan keyingina u yerda keltirilgan amallarni bajaring.
Yuqoriga Yuqoriga

Ushbu forum bilan bog'liq yuridik masalalar va undan noto'g'ri foydalanish masalalari yuzasidan kimga murojaat qilaman?
Siz ushbu forumning administratori bilan bog'lanishingiz kerak. Agar administrator kim ekanligini bila olmasangiz, avval moderator bilan bog'laning va bu masala bo'yicha kim bilan bo'g'lanishingiz mumkinligini so'rang. Agar shunda ham javob olmasangiz, domen egasi bilan bog'laning (whois lookup qiling) yoki, agar forum bepul domenda qilingan bo'lsa (masalan chat.ru, yahoo, free.fr, f2s.com va hokazo) ushbu domen texhizmati bilan bog'laning. Iltimos, shuni nazarda tutingki phpBB Guruhi ushbu forum ustidan hech qanday nazoratga ega emas va ushbu forumni kim tomonidan hamda qanday ishlatilayotganiga javobgar ham emas. phpBB Guruhiga, phpbb.com sayti bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqasi bo'lmagan yoki phpBB guruhi programma ta'minotiga qisman tegishli bo'lgan yuridik masalalar bo'yicha (forumni to'xtatilishi, unga javobgarlik va hokazo) murojaat qilish befoydadir. phpBB Guruhiga ushbu forumni uchinchi shaxs tomonidan ishlatilishi haqida email jo'natsangiz, biror aniq javob olmaysiz yoki umuman javob olmasligingiz ham mumkin.
Yuqoriga Yuqoriga

O'tish: